Angliya va Finlandiyaning top universitetlaridan stipendiyalar

Oksford universitetining stipendiyasi

Buyuk Britaniyada magistratura va aspirantura o‘qish uchun stipendiya e’lon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 21-yanvar.

University of Oxford’ning Clarendon stipendiya dasturi – bu magistratura va aspirantura talabalari stipendiya bo‘lib, har yili 140 talabaga taqdim etiladi. Stipendiya talabaning magistratura va aspiranturaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha akademik yutuqlari va potensiali asosida beriladi. Stipendiya kunduzgi va sirtqi bo‘lim talabalariga taklif qilinadi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Stipendiya oʻqish toʻlovlari va universitetning majburiy toʻlovlarini toʻliq qoplaydi. Kunduzgi ta’lim olayotgan talabalar 2022–2023-o‘quv yili uchun taxminan 15 009 funt sterling miqdorida yashash xarajatlari uchun grantga ega bo‘ladilar. Sirtqi ta’lim talabalariga esa qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun grant beriladi. Stipendiya universitetda ta’lim olish davri uchun to‘lanadi.

Talablar:

·  ​akademik yutuqlari va potensiali bilan ajralib turgan talabalar stipendiya olishlari mumkin;

·  ​jahon bo‘ylab barcha talabalar stipendiya olishlari mumkin;

·  ​universitetga yanvargacha qabul qilingan barcha yo‘nalishdagi magistratura talabalari va DPhil kursi talabalari olishlari mumkin.

Stipendiya haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.

Tampere universiteti stipendiyasi

Finlandiyada bakalavr va magistratura bosqichlarini o‘qish uchun stipendiya e’lon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 20-yanvar.

University of Tamperе chet ellik magistratura va bakalavr talabalari uchun stipendiya e’lon qiladi.

Universitet ko‘plab dasturlarni, jumladan, biotibbiyot texnologiyalari, politologiya, sotsiologiya va pedagogikada kompyuter texnologiyalari kabilarni taklif etadi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Universitet eng iqtidorli talabalarga stipendiyalar taklif etadi. Stipendiya ta’lim dasturining 50%ini qoplaydi.

Talablar:

·  ​stipendiya chet ellik talabalarga beriladi;

·  ​talabalar tanlangan dastur talablariga mos kelishi kerak;

·  ​ingliz tilini bilish talab etiladi.

Stipendiya haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.

Uorik universiteti stipendiyasi

Buyuk Britaniyada aspirantura o‘qish uchun stipendiya. Dedlayn – 2022-yil 20-yanvar.

University of Warwick chet ellik aspirantura talabalariga Chancellor’s International Scholarships  stipendiyasini taklif etadi. Ixtiyoriy aspirantura dasturiga qabul qilingan talabalar stipendiyaga nomzodini qo‘yishi mumkin. Universitet har yili 25 ta stipendiya o‘rni ajratadi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

·  ​ta’lim xarajatlari to‘liq qoplanadi;

·  ​yashash xarajatlari to‘lab beriladi;

Stipendiya 3,5 yilgacha beriladi.

Talablar:

·  ​stipendiya chet ellik talabalarga beriladi;

·  ​nomzodlar stipendiya uchun va univeristetda aspirantura o‘qish uchun ariza topshirishlari kerak;

·  ​univeristetda aspirantura yoki MPhil/PhD kursida o‘qiyotgan talabalar o‘qishning birinchi yilida ariza topshirishlari mumkin.

Stipendiya haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.

Sharqiy Finlandiya univeristeti stipendiyasi

Finlandiyada magistratura bosqichini o‘qish uchun stipendiya e’lon qilindi. Dedlayn – 2022-yil 19-yanvar.

University of Eastern Finland chet ellik talabalarga stipendiya taklif etadi. Stipendiya axborot texnologiyalari dasturiga qabul qilingan magistratura talabalariga taklif etiladi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Stipendiya ta’lim xarajatlarini 100% yoki 80% qoplaydi. Ushbu stipendiya 80% talabalarga beriladi. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi, davomiyligi – 2 yil.

Talablar:

·  ​stipendiya axborot texnologiyalari dasturiga qabul qilingan talabalarga beriladi;

·  ​stipendiya Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar fuqarosi bo‘lmagan chet ellik talabalar uchun mo‘ljallangan;

·  ​talabalar kompyuter fanlari, informatika, kommunikatsion muhandislik yoki o‘xshash yo‘nalishlarda bakalavr darajasiga (statsionardagi 3 yillik ta’lim ekvivalentiga) ega bo‘lishi kerak;

·      talabalar ingliz tilini bilishi kerak.

Stipendiya haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.