Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari «Onlayn Radio» nomli guruhni tashkil etishdi. Unda barcha xohlovchilar sevimli musiqalarini so’rashi va o‘z pleylisti bilan bo‘lishishi mumkin.
Guruhga qo‘shilgach, aʼzolar umumiy chatda musiqaning nomini yozishadi. Birozdan so‘ng, tarona ekranda paydo bo‘ladi. Qiziqarlisi, jonli efirda qo‘shiq ijro etilishidan oldin xuddi haqiqiy radiodagi kabi «(so‘ragan aʼzoning ismi) talabiga ko‘ra ijro etiladi» deb aytiladi.
Guruh tunda uxlamaydigan talabalarga yoqishi aniq, chunki radiostansiya o‘z ishini aynan kechqurun boshlab, yarim tunda yoki undan kechroq tamomlaydi.
Siz ham qo‘shiling: