Andijon mashinasozlik institutining “Logistika” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi o‘z joniga qasd qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 5 avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida 1999 yilda tug‘ilgan Q.D. Andijon mashinasozlik instituti talabalar yotoqxonasiga bir o‘zi kelib, tunab qolib ertasi kuni soat 09:30 larda yotoqxonaning xojatxonasi eshigiga kabel simidan sirtmoq yasab, o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan.

D.Q.ning o‘z joniga qasd qilganligi holati bo‘yicha o‘lim sababini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy hamda sud-biologik ekspertizasi tayinlangan.

Shahar prokuraturasi tomonidan marhumning o‘z joniga qasd qilishi sabablari aniqlanmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.