Alisher Umarov lavozimidan ozod etildi

Pedagogika universiteti rektori yaqinda yuz bergan vaziyat tufayli ishdan bo’shatildi.

Oktyabr oyi oxirida Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi dekan muovinining zoʻrlamoqchi boʻlganligi toʻgʻrisida xabar bergan edi.  Jabrlanuvchining soʻzlariga koʻra, dekan muovini uni derazadan itarib yuborgan, shundan soʻng qiz kasalxonaga yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor qo‘lga olindi.  Keyinroq Oliy taʼlim vazirligi OTM rahbariyati va mutasaddilariga nisbatan qattiq choralar koʻrilishini maʼlum qildi.

Bugun, 17-oktabr kuni Adliya vazirligi bergan xabarga ko‘ra, Alisher Umarov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.  Pedagogika universitetining yangi rektori avval Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Abdug‘affor Qirg‘izboyev bo‘ldi.

Abug‘affor Qirg‘izboyev – 1962-yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat pedagogika universitetining tarix-filologiya fakulteti bitiruvchisi. Keyinchalik u yerda dotsent, 8 yil prorektor lavozimida ishladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, so‘ngra rahbari lavozimiga tayinlangan.