Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10-iyul etib belgilandi.

Akademik litseylarga 2022/2023-oʻquv yili uchun hujjat topshirish istagida boʻlganlar 10-iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.