Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bugun tugaydi

Bugun, 27-iyul – oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni.

23:59 ga qadar abituriyentlar Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovlari uchun to‘lovlarini amalga oshirishlari mumkin (o’tgan yillar bitiruvchilari).

Bugun, 27 iyul soat 23:59 da onlayn ro’yxatdan o’tish tugaydi.