Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

Abituriyentlar test sinovlarida qatnashish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin.

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 2022-yil 8-avgustdan boshlanib, stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va poligonlar sig‘imligiga qarab 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20 avgust kuni yakunlanadi.