Abituriyentlar test topshiradigan joylari bilan tanishishlari mumkin

Davlat test markazining xabar berishicha, 5-avgust kuni soat 17:00 dan 18:00 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan stadion yoki xiyobon (Botanika bog‘i va Paxtakor stadionidan tashqari) ga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.