Rene Neyra ismli 88 yoshli talaba, AQShning Texas-San-Antonio universitetida bakalavr darajasini oldi. U iqtisod bo‘yicha san’at bakalavri (BA) yo‘nalishini tamomladi.
Rene Neyraning 23 yoshli nabirasi Melani Salazar bu yutuqni “o‘ziga xos” deb ta’rifladi.
U bobosi har doim universitet diplomini olishni orzu qilganini, lekin u keksalikka yetguncha buning iloji bo‘lmaganini so‘zlab berdi. Bobosi 1950-yillari maktabni tugatgach, bor e’tiborini oilasini boqishga qaratgan.
Melani va uning bobosi birgalikda Texas-San-Antonio universitetida ta’lim olishdi va uning bobosi iqtisod bo‘yicha san’at bakalavriatini (BA) tugatgan bo‘lsa, Melani aloqa sohasida san’at bakalavriatini (BA) tamomlagan.
Melanie o‘z twitterida shunday deb yozadi:
“Men bu semestrning PACdagi birinchi kunini yakunlagan bobom bilan juda faxrlanaman! U 82 yoshda va taslim bo‘lmadi”
U o‘qish paytida bobosini nogironlar aravachasida olib yurgan va hamma uni olqishlaganda xursandligidan yig‘lab yuborishiga oz qolganini aytdi.