85 yoshli talaba to‘rtinchi oliygohni tamomlamoqda!

Buyuk Britaniyada 85 yoshli talaba to‘rtinchi marta universitetni tamomlab, bakalavr diplomiga ega bo‘lmoqda.

Cirencester shahrida tug‘ilgan Lyusil Terri ismli ayol 1962-yilda Manchester universitetida farmatsevtika bo‘yicha birinchi oliy o‘quv yurtini tamomlagan. Bundan tashqari, Terri xonim Siddington Park rezidenti o‘laroq, psixologiya va  gumanitar fanlar, dinshunoslik bo‘yicha darajalarga ega. 1972-yilda Ochiq Universitetda o‘qituvchilik sertifikatini olishdan oldin fan asoslari kursini ham muvaffaqiyatli o‘tagan.

U to‘rtinchi darajali oliy ta’limni Ochiq Universitetda to‘qson yoshida tugatadi. Avval, o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Terri xonim hozirda falsafa va axloqshunoslik bo‘yicha tahsil olmoqda.

Terri xonim nafaqaga chiqqanida shunchaki krossvordlar yechib vaqt o‘tkazisho‘rniga yana ta’lim olishga qaror qilgan. Intervyu jarayonida Terri xonim shunday deydi:

“Men shunchaki o‘tirib, hamma narsani bajara olmayman hattoki, kun bo‘yi televizor ko‘ra olmayman. Qizim bir necha hafta oldin mendan: “Siz haqiqatan ham nima qilishni yaxshi ko‘rasiz?”, deb so‘raganda unga javoban “Men o‘qishni yaxshi ko‘raman va bundan zavqlanaman, bu men uchun qiyin emas” – deya javob qaytargan.

Manba: https://www.bbc.com/news/articles/ckkk0vpzrnvo