8-may kuni Toshkentda “G‘alaba bahori” nomli bayram konserti bo‘lib o‘tadi.

8-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida (sobiq Telman bog‘i) Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram konserti bo‘lib o‘tadi.

“Sug‘diyona” orkestri, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr solistlari va boshqa ko’plab ijodkorlar tomonidan eski qo‘shiqlar ijro etiladi.

Konsert Toshkentdagi Rus uyi ko‘magida o‘tkaziladi.