3-4 kurs talabalari uchun Turkiyada 5 haftalik amaliyot oʻtash uchun qabul eʼlon qilindi

Sayohat, turar-joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi.
226 dollar stipendiya toʻlanadi!

Sky Global Summer Exchange & Internship Program 2022-yilning 18-iyulidan 19-avgustigacha Turkiyada stajirovka oʻtashni taklif qiladi.

3-4 kurs bakalavrlari, shuningdek, ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olayotgan magistrlar ariza topshirishlari mumkin.

Dasturga ingliz tilini C1 darajasida biladigan 10 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Dasturiy taʼminot turlari:

  • sayohat xarajatlari qoplanadi;
  • turar-joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
  • 226$ miqdorida stipendiya.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.