28 ta OTM World University Rankings reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2023 reyting natijalarini e’lon qildi.

E’tiborlisi, bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi.

Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

Mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta universitet “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.