2022–2023-o‘quv yilidan boshlab yangi Xalqaro agrar universitet o‘z faoliyatini boshlaydi

Birinchi o‘quv yilida universitetda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 200 nafar talaba tayyorlash rejalashtirilgan.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohada taʼlimni yanada rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi loyihalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga bagʻishlangan yigʻilishda aytib oʻtdi.

Klaster va boshqa yirik qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan hamkorlikda texnik yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlari, metodika, darsliklar va ishchi tizim to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Texnikumlar yangi tashkil etilgan agrobiznes markazlari bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi.