2022–2023-o‘quv yili uchun qabul kvotalari soni ma’lum bo‘ldi

“2022–2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmalari parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga kiritildi.

Qayd etilishicha, 2022–2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha:

Bakalavr:

  • kunduzgi taʼlim – 76 728 kishi;
  • sirtqi taʼlim – 27 365 kishi;
  • kechki taʼlim – 2 575 nafar;
  • masofaviy taʼlim – 3 610 kishi.

Joriy yil magistratura yo‘nalishida o‘tgan yilga nisbatan kvotali o‘rinlar kamroq. Qabul parametrlariga ko‘ra, joriy yilda magistraturaga 11 082 o‘rin ajratilgan bo‘lib, o‘tgan yili 12 914 o‘rin ajratilgan edi.