2-may kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ertaroq ochiladi

Oʻzbekistonda 2-may Ramazon hayitining birinchi kuni deb eʼlon qilindi.

Bayram munosabati bilan shu kuni metro ertalab soat 4:00 da ish boshlaydi va 00:00 da yopiladi.

3 va 4 may kunlari yerosti poyezdlari yakshanba kungi jadval bo‘yicha – soat 5:00 dan 00:00 gacha ishlaydi.