13–15-may kunlari Xalqaro qahva va choy festivali boʻlib oʻtadi

13–15-may kunlari Toshkentdagi Moviy gumbazlar yonidagi istirohat bog‘ida ilk bor xalqaro Coffee & Tea Fest bo‘lib o‘tadi.

Ushbu festivalda choy va qahva ixlosmandlarini baristalar oʻrtasidagi musobaqalar, choy marosimlari, DJ chiqishlari kabi qiziqarli tadbirlar kutmoqda.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilar butun dunyo choylarini tatib koʻrishi, choy qaynatishi hamda Barista Classic va Latte Art Battle chempionatlarida professionallar qanday raqobatlashayotganini tomosha qilishi mumkin.

Sohaga oid maʼruzalar va mahorat darslari rejalashtirilgan. Festivalning maxsus mehmoni – Ira Sharipova.

Festival O‘zbekiston baristalar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilib, mamlakatimizda qahva va choy madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Festivalning toʻliq dasturi shanba kuni eʼlon qilinadi. Kirish bepul.