SamDU rektori Osiyo universitetlari Assotsiatsiyasining prezidenti bo’ldi

Uyushma Kongressi Rossiyada Oltoy-Osiyo v xalqaro ta’lim forumi doirasida bo’lib o’tdi.

Konferensiyada assotsiatsiyaning 8 mamlakatidan (O’zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Mo’g’uliston, Tojikiston, Armaniston) 72 ta universitet rektorlari va prorektorlari ishtirok etdi.

SamDU rektori Rustam Xolmurodov 2022 yildan 2024 yilgacha yangi lavozimni egallaydi. U assotsiatsiyani institutsionalizatsiya qilish va Osiyo mamlakatlari universitetlarining ishtirokini kuchaytirish, assotsiatsiyaga yangi ishtirokchilarni kiritish masalalariga e’tibor qaratadi.