10 nafar talaba qizlar “Zulfiya” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Har yili, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bu yil, 28 nafar xotin-qizlar ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi. Quvonarlisi shundaki, ularning 10 nafari yurtimizdagi turli oliy ta’lim muassalari talabalaridir. https://uza.uz/posts/694127

Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi – Andijon davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi

Ruxillayeva Nilufar Shukrullo qizi – O‘zbekiston Milliy universitetining xorijiy filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)

Bahronova Dilshoda Tohirovna – Buxoro davlat tibbiyot institutining tibbiyot fakulteti 6-bosqich talabasi

Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi – Guliston davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadriza qizi – Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining qishloq xo‘jaligi fakulteti 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

To‘ychiyeva Dilafruz Nu’monjon qizi – Qo‘qon davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Abdusalamova Zanjiloy Farxod qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi – Toshkent davlat yuridik universitetining jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)

Sodiqova Nasiba Majitovna – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining teatr san’ati fakulteti 3-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Barcha taqdirlangan qizlarni “Avlod Media” jamoasi nomidan samimiy tabriklab, kelajakda bundan ham ulkan yutuqlarga erishishilarini tilab qolamiz!