1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag’ishlab eko-master-klass o’tkazildi

“Ziyo forum” fan va ta’limni rivojlantirish xalqaro fondi tomonidan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan eko-master-klass tashkil etildi. Unda taniqli Ekobloger Mo’tabar Xushvaqtova (Urikguli) ishtirok etib,tabiatni asrash,tabiiy resurslardan oqilona foydalanish haqida so’zlab berdi. Shuningdek bolajonlar ekobilimini shakllantirish maqsadida gul parvarishlash haqida amaliy mashg’ulot ham o’tkazildi.
Master klass davomida bolajonlar maxsus tuvaklarga gul urug’larini ekishdi. Gul tuvaklarini bezash maqsadida rasmlar chizishdi. Bu amaliy mashg’ulotlarni har bir jajji ishtirokchi o’zgacha ishtiyoq,zavqu-shavq bilan bajarganini ko’rish mumkin.
Zavqli mashg’ulot barchaga birdek quvonch ulashdi. Master klasda faol ishtirok etgan bolajonlarga bayram sovg’alari ulashildi.