Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 16 yanvardagi 22 -sonli qarori bilan Vestminster universiteti (London) bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Universitetning barcha dasturlari va yo’nalishlari Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti tomonidan tasdiqlangan. TXVU bitiruvchilariga diplom London shaxridagi Vestminster universiteti tomonidan beriladi.

Ta’lim ingliz tilida quyidagi sohalarda olib boriladi:

Universitetgacha ta’lim kursi / Course in Pre-Foundation Studies (CPFS)
Umumta’lim bosqichi / Certificate of International Foundation Studies (birinchi bosqichi)

Bakalavr darajasi (ikkinchi bosqichdan boshlab):

Biznes boshqaruvi / BM Biznes Management
Iqtisodiyot / BSc Economics
Iqtisodiyot va Moliya / BSc Economics with finance
Tijoriy huquq / BA Commercial Law
Biznesda axborot tizimlari / BSc Business Information Systems

Magistratura (ikkinchi bosqichdan boshlab):

Tijorat huquqi
Inson resurslarini boshqarish
Xalqaro biznes boshqaruvi
Biznes tahlil va informatika
Amaliy iqtisod
Ijtimoiy-tibbiyot sohasida

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim:
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science)