Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti (O
zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.
1992-yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo
ldi.
Bugungi kunda universitetda 9 000 ga yaqin talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon ta’lim standartlari asosida organmoqda. Har yili universitetda 15 ta ta’lim yo
nalishida bakalavr, 13 ta ta’lim yo`nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.
Universitet talabalari chuqur bilim va konikmalar asosida til o
rganish, oqitish, tarjima va talqin qilish malakalariga ega bo
lmoqda. Kun sayin rivojlanib borayotgan tezkor zamonda ta’lim tizimi ham ozgarmoqda. Oliy ta’lim muassasasida til va madaniyat o
rtasidagi aloqa ta’lim tizimining asosiy tamoyili hisoblanadi.
Ingliz tili 1-, 2-, 3-fakultetlari, Roman-german filologiyasi, Rus filologiyasi fakultetlarida bolajak pedagoglar til o
qitishning sir-asrorlarini organmoqdalar, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida esa ingliz, nemis, koreys, yapon, xitoy tili yo
nalishlarida tarjima mahoratidan tahsil olmoqdalar.
Aynan universitetda bir qator xorijiy tillar boyicha ko
nikmalarga ega bolgan talabalar bugungi kunda xalqaro miqyosda turli jabhalarda faoliyat yuritishmoqda. Universitet bitiruvchilaridan yetuk tarjimonlar, chet tili o
qituvchilari, siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar va turli qo`shma korxonalarda faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislarning borligi universitet nufuzi naqadar yuqori ekanligini ifodalaydi.
2018-yili AQSHning Vebster universiteti bilan imzolangan kelishuv asosida bir yillik magistratura akademik Dasturi tashkil etildi. Mazkur magistratura Dasturi Markaziy Osiyoda yagona hisoblanib, bu maskanda butun dunyo yoshlari tahsil olishlari mumkin.
Mamlakatda yagona hisoblangan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi chet tillarni oqitish bo
yicha Markaziy Osiyoda yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bugungi kundagi ta’lim jarayoni jahon hamjamiyati talablariga javob beradigan tilshunoslar va tarjimonlar tayyorlashga qaratilgan. Binobarin, til xalqlar va elatlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, ular o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantiradigan yagona vositadir.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bugungi kunda xalqaro aloqalar bo‘yicha ham hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ygan. Universitet jahonning 61ta OTMlari bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari asosida faoliyat olib bormoqda.
Hamkorlikda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochish, ikki diplomlilikni ta’lim jarayoniga joriy etish, qo‘shma fakultetlarni tashkil etish, xalqaro loyihalarda faol ishtirok etish va investitsiyalarni jalb etish, xorijiy olim va mutaxassislarni taklif qilish, universitet professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, bitiruvchilarni magistratura va PhD dasturlarida o‘qishini tashkil qilish kabi vazifalarni amalga oshirmoqda.
Angliyaning Norvich tillarni o‘qitish instituti, AQShning Vebster universiteti, Germaniyaning Xeydelberg pedagogika universiteti va Rur Boxum universiteti, Fransiyaning Serji-Pontuas universiteti va Tuluza siyosiy fanlar instituti, Ispaniyaning Kadis universiteti, Valiodolit universiteti, Rossiyaning Adigey davlat universiteti, Astraxan davlat universiteti, Nijegorod davlat lingvistik universiteti, Kurgan davlat universiteti, Qozog‘istonning Sh.Ualixanov nomidagi Ko‘kshetov davlat universitetlari, G‘arbiy Qozog‘iston innovatsion-texnologiya universiteti, G‘arbiy Qozog‘iston davlat universiteti, Tojikistonning Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti, Rus-Tojik (Slavyan) universiteti, Qirg‘izistonning Qirg‘iz-O‘zbek universiteti, Turkmanistonning Davlatmamat Azadiy nomidagi Turkmaniston davlat jahon tillari universitetlari bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Shuningdek, xalqaro aloqalar asosida universitet professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha ham ijobiy natijalarga erishilmoqda. Professor-o‘qituvchilarning chet elda malakasini oshirish uchun har yili shartnomalar tuziladi.
Bugungi kunda universitetda nafaqat xorijiy tillarni o‘rgatish, balki metodika, tarjima asoslari, jurnalistikaning turli aspektlari, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanlaridan dars olib borish, master klass va seminar-trening o‘tish maqsadida AQSh, Angliya, Avstriya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Kolumbiya, Polsha, Ruminiya, J.Koreya, Yaponiya, XXR, Malayziya, Indoneziya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan 40 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislar keng jalb qilindi. 2019 yilda 50 nafar xorijiy olim va mutaxassis taklif qilinishi rejalashtirildi.
Joriy o‘quv yili jarayoniga 69 nafar talaba, jumladan 6 nafari magistrlar jalb qilingan bo‘lib, turli yo‘nalishlarda tahsil olib kelishmoqda. Keyingi o‘quv yilida yana 25 nafar chet ellik yoshlarni o‘qishga jalb qilinishi rejalashtirildi.
Hozirgi kunda universitetda 12 ta xalqaro loyiha bajarilmoqda. Xorijiy hamkorlar bilan birga chet tillarni o‘qitish metodlari, pedagogik va AKTni chet tili ta’limiga joriy etish masalalariga oid turli seminar-treninglar, on-layn ma’ruzalar va darslar tashkil qilishni nazarda tutadi. 2018 yil davomida mazkur xalqaro tashkilotlar ko‘magida talabalarga dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun 18 nafar xorijiy mutaxassis taklif etildi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar bilan hamkorlikda 10dan ortiq uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida 2019 yilda universitet bilan hamkorlikda bir nechta texnik loyihani amalga oshirishga kelishib olindi. Ta’lim xizmatini ko’rsatish borasida O`zDJTU oldida turgan bosh vazifalar quyidagilar:
• davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilgor, zamonaviy ta’lim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori saviyali o
qitishni tashkil qilish va malakali kadrlar yetishtirishni ta’minlash;
• yoshlarni milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlarni bilish, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash;
• rivojlangan mamlakatlarning yutuqlaridan foydalanib, BMTning rasmiy tillari bo`yicha mutaxassislar tayyorlashning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• barcha ta’lim tizimlari uchun chet tili mutaxassislarini, o`qituvchilarini, tarjimonlarni tayyorlash;
• turli tajribalar otkazish yo
li bilan oqitishning kompyuter texnikasi va audiovizual vositalarini qo
llagan holda chet tillarni jadal o`rgatish usullarini joriy etish; • yuqori malakali xalqaro jurnalistlarni tayyorlash;
• tegishli sohadagi xorijiy ta’lim muassasalari bilan bevosita aloqalar ornatish, ular bilan hamkorlik to
g`risida qisqa va uzoq muddatli shartnomalar tuzish;
• ozining intellektual imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga valuta mablag
lari jamg`armasini tuzish;
• universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning mulkini ko`paytirish;
• xorijiy davlatlarda tashkil etilgan malaka oshirish, tajriba almashish o‘quv kurslarida professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
• xalqaro aloqalar asosida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
• xorijiy universitetlar bilan qo‘shma o‘quv dasturlar, qo‘shma diplom dasturlarini ishlab chiqish;
• xorijiy tajribadan foydalangan holda universitetda yangi darslik va o‘quv-qo‘llanmalar, dasturlar yaratish nazarda tutilgan.