Sobirov O‘tkirbek

  • 21 yosh
  • Bakalavr
  • Bloger
  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
  • Hayotda to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish va hammasidan rozi bo‘lish kabi tuyg‘ular yetishmaydi, deb hisoblaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

O‘tkirbek Telegramda 1500 ziyod obunachilarga ega shaxsiy blog yuritadi. Bir necha yildan beri notiqlik san’ati bilan shug‘ullanadi. 2019-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “International UnionX” konferensiyasida “Eng yaxshi yosh spiker” nominatsiyasini olgan. 2020-yilning yoz faslida Londonda o‘tkazilgan “Future News Worlwide 2020” yoshlar forumida qatnashish uchun to‘liq qoplanuvchi grant sovrindori bo‘lgan, ammo pandemiya sabab Londondagi forum bekor qilingan.

BLOGER BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Hozirda juda ko‘p yoshlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi. O‘tkirning so‘zlariga ko‘ra, agar u o‘z hayotiy tajribalarini blogida yozib borsa, bir necha yuz kishining hayotining o‘zgarishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Chunki uning o‘zi ham o‘z maqsadiga ega blogerlardan juda ko‘p narsalarni o‘rgangan.

O‘tkirbek notiqlik san’ati bilan ham shug‘ullanadi. 2021-yilda Toshkentdagi Vestminster universitetida bo‘lib o‘tgan TEDxWIUT tadbirida nutq so‘zlagan. Bu xalqaro darajadagi tadbir bo‘lib, Amerikadagi TEDx tadbirlari qatoriga kiritiladi va u so‘zlagan nutqining videosi yaqin kunlarda 33,5 million obunachiga ega TEDx ning rasmiy You Tube sahifasiga joylangan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Auditoriya oldida gapirish qo‘rquvini yengib o‘tgan. Muvaffaqqiyatsizliklardan tushkunlikka tushmagan. 2021-yilda O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti tarixida ilk bor o‘tkazilgan ACUMEN deb nomlangan notiqlik tanlovini tashkil etgan. 2 oy davomida turli qiyinchiliklar bilan bu loyihani tuzib chiqib, 10 nafar mahoratli spikerlar bilan ACUMEN loyihasini o‘tkazgan. Tanlov ingliz tilida bo‘lib o‘tgan. Bu loyihani O‘tkir o‘zining liderlik faoliyatidagi eng katta yutuqlaridan biri, deb hisoblaydi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

O‘tkirning maqsadi – kelajakda yoshlar uchun o‘z tajribalariga asoslanib, kitob yozishdir. Gumanitar fanlarga ixtisoslashgan va o‘quvchilar, talabalarning shaxsiy rivojlanishi uchun yordam beruvchi noyob darslar o‘tiladigan katta maktab va universitet ochmoqchi.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Otriqcha maqtovlar

Past baho berilganlar-chi?
Muomala

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
O‘z maqsadiga yetishmaguncha tinim bilmaydigan o‘g‘lon

Hayotdagi shioringiz qanday?
Hech qanday sirli masalliqning o‘zi yo‘q. Bu faqatgina sensan!

Instagram sahifasi: @srsobirov