Shuhratov Behzod

  • 18 yosh
  • Bakalavr
  • Dasturchi, IT-mutaxassis
  • Toshkent shahridagi INHA universiteti
  • Sakkizta oliy o‘quv yurtiga birdaniga kirgan va INHA universitetida talaba bo‘lishni tanlagan
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Behzod Shuhratov Toshkent shahridagi INHA universitetining ikkinchi bosqich talabasi. Universitetga qabul qilinganidan so‘ng dasturlashni qiziqish bilan o‘rganib keladi. C++, Python, Java va JavaScript dasturlash tillarini biladi va har xil ishlarida qo‘llaydi. O‘zbekistonning yangi avlodini takomillashtirish uchun o‘z bilimlari bilan bo‘lishishni rejalashtirgan va eKusr.uz loyihasini ishga tushirgan.

DASTURCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Behzod Al Xorazmi nomidagi TATU qoshidagi 2-akademik litseyga o‘qishga kirganidan so’ng, dasturlash sohasiga katta qiziqish va ishtiyoq bilan yondashgan. U hozirda joriy qilgan loyiha eKurs deb ataladi va “Elektron kurslar” degan ma’noni anglatadi. Bu zamon talab qiladigan, to‘liq bepul, samarali va oson bo‘lgan kurslar to‘plami. Loyihaning asosiy maqsadi – o‘zbek tilida ochiq manbalarni yaratish orqali O‘zbekiston ta’lim darajasini yaxshilashga hissa qo‘shish. Videokurslar fanlar haqida asosiy fundamental bilimni berib o‘tadi.  

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Dangasalik, imkonsizlik, bir joyda turib qolish kabi qiyinchiliklarni yengib o‘tib, yetuk inson va elga kerakli mutaxassis bo‘lib yetishishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tganman. O‘zining liderlik xislatlarini ko‘p vaziyatlarda namoyon etgan. Masalan, universitet bir semestr uchun loyiha berganida, ko‘p hollarda u yetakchilik qilib, guruhdoshlariga yo‘nalish ko‘rsatib, nima qilish kerakligini aytadi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Behzodning maqsadi – dasturchilik, kompyuter injenerlik, mexanik injenerlik sohalarida yetuk mutaxassis bo‘lish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Tendensiyalarga moslashishga haddan tashqari intilish

Past baho berilganlar-chi?
Uyqu, tabiat, yolg‘izlik

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Bir joyda o‘tirib qolmaydigan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Imkoniyat ko’rsangiz, undan, albatta, foydalaning

Instagram sahifasi: @behzod2204