
- 20 yosh
- Bakalavr
- “Zulfiya” mukofoti sovrindori
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- San’at va musiqaga qiziqadi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?
Muxlisa “Yoshlar ittifoqi” sardori, ko‘plab tadbirlar tashkilotchisi, tanlovlar g‘olibi, olimpiadalar g‘olibi, zakovat o‘yinlari g’olibi, “Zulfiyaxonim” Davlat mukofoti sovrindori, san’at va til tanlovlari g‘olibi, ko‘plab xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi, bir necha maqolalar muallifi.
SAN’AT SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?
Muxlisa 2019 – yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari univesiteti talabasi, 2021-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univetsiteti talabasi bo‘lgan. “International challenge”da IQ 143 qo‘lga kiritgan.
Muxlisa san’atga yoshligidan qiziqqani va iste’dodini uning turli yo‘nalishlari: qo‘shiqchilik (estrada yo‘nalishi), musiqa asboblarini chalish (gitara, pianino), rassomchilik, notiqlik san’ati, aktyorlik mahorati (bir necha rollar: spektakllar, sahna asarlari) da faoliyat olib borgan.
QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?
Muxlisaning aytishicha, hayot misli kitob, yashaganing sari o‘qib boraverasan, aynan shu jarayonda juda og‘ir damlar, judoliklar, cho‘kishlar va yiqilishlar bo‘ladi. Ayni shu damda eng suronli hayot lahzalar, mudom davom etar ko‘ngilda qayg‘u… Lek shu og‘ir daming ortida, albat, sabr va mehnatning lazzati bordur.
Agar hamma narsasi bo‘lsa, u faqat san’at, siyosatshunoslik va biznes sohalarida rivojlanishni istaydi. Hayotda anglash yetishmaydi, savollar bor, ammo javolari yo‘q, deb hisoblaydi.
KELAJAKDAGI MAQSADLARI
Muxlisaning kelgusidagi maqsadlari – ta’lim, davlat boshqaruvi va iqtisodiyot sohasida ko‘plab loyihalar tuzish. San’atning besh xil yo‘nalishi bo‘yicha san’at muassasalarini qurish va ko‘plab yoshlarni bu sohadagi bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etish.
Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Pul, sabab, oqibat
Past baho berilganlar-chi?
Mehr, diyonat, bilim
Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Bilimli, tirishqoq va barchasini uddalay oladi
Hayotdagi shioringiz qanday?
Firklar bilan dunyoni zabt eting, harakatlar bilan samolarni!