Qamariddinov Nuriddin

  • 23 yosh
  • Bakalavr
  • IT-mutaxassis
  • Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminsteruniversiteti
  • Ota-onasining umidlari va ularning qo‘llabquvvatlashlari uni ruhlantiradi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Nuriddin dasturchi sifatida biznes loyihalar (internet do‘konlar va hokazo) bilan ko‘p ishlagan va shu sababli biznes analitika sohasiga qiziqadi. So‘ngi davrda bizneslar onlaynga ko‘cha boshlagach, bu soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli oshdi. Mutaxassis sifatida soha rivojiga hissa qo‘shish uchun hozirda Westminster universitetida Master of Business Intelligence dasturida tahsil olmoqda. Hozirda EventGO va GrantGO loyihalari ustida jamoasi bilan ishlamoqda. Bakalavrda o‘qigan paytlari shunchaki xobbi uchun boshlagan ishini hozir respublika miqyosidagi loyihaga aylantira olishga muvaffaq bo‘lgan.

DASTURCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Nuriddin tanlagan kasb insonlar hayotini osonlashtiradi, vaqtini tejashga imkon beradi va mehnat unumdorligini oshiradi. 2019 GKS for Central Asian Undergraduate Students yozgi dasturi g‘olibi bo‘lib, Janubiy Koreyadagi 1 oylik yozgi dasturda to‘liq grant asosida ishtirok etgan. Shuningdek, Unicorns akseleratsiyasida EventGO startap loyihasi bilan ishtirok etib, 150 000 000 so‘m grant yutib olgan. “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovida ham g‘olib bo‘lgan. Ta’lim berish va o‘zidan ilm qoldirishga harakat qilish istagi uni bu sohani tanlashga undagan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

IT sohasida dasturchi sifatida faoliyatining o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor, bir joyda o‘tirib ishlashga to‘g‘ri kelgani uchun sabr talab qiladi. Shuningdek, yangi o‘rganishni boshlaganda qat’iyat va davomiylik muhim rol o‘ynaydi. O‘z loyihasining boshida unda mablag‘ bo‘lmagan. Shunga qaramay, do‘stlarini loyiha muvaffaqiyatiga ishontira olib birlashtirgan. Keyinchalik grant yutib olib, hozirda yosh mutaxassislarni jalb qilib, jamoaga yetakchilik qilmoqda.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – EventGO (tadbirlar agregatori) va GrantGO (grantlar va imkoniyatlar) loyihalarini rivojlantirish va keyinchalik xalqaro bozorga chiqa oladigan IT mahsulotga aylantirish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Motivatsiya. U insonni harakatga undaydi, lekin u vaqtincha xolos

Past baho berilganlar-chi?
Mas’uliyat

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Tirishqoq va yetakchi

Hayotdagi shioringiz qanday?
Orzu qilishni bas qil, harakat qilishni boshla

Instagram sahifasi: @n.kamardinov