Pranatdinov Paxriddin

  • 20 yosh
  • Bakalavr
  • Sportchi
  • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Nukus filiali)
  • 20 dan ziyod musobaqalar g‘olibi va sport mavzusidagi maqolalar muallif
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Paxratdin sportning yunon-rim yo‘nalishida shug‘ullanadi. 2014-yildan boshlab to bugungi kungacha qator musobaqalarda faxriy o‘rinlarni egallab kelmoqda. 2015-2021 yillarda sportning “Grek-rim” turi bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi sportchisi. Mashqlardan bo‘sh vaqtlarida sport mavzusida maqolalar yozishga qiziqadi, so‘nggi yillar mobaynida bir qator jurnallarda uning maqolalari chop etilgan.

SPORTCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Bu soha unga ota-bobolaridan meros bo‘lip kelgan. Bu sport turi insonni ruhiy baquvvat, jismoniy sog‘lom, kuchli va chidamli, hamma sharoitga moslashuvchan qilib tarbiyalaydi, shu bilan birga sportchi tanasini yaxshi rivojlanishiga yordam beradi, deb hisoblaydi. Paxratdin sportning yunon-rim turi bilan 2014-yildan beri muntazam ravishda shug‘ullanib kelmoqda. U Nukus olimpiya zahiralari kollejida shu sport turini tanlagan. Sportda 20 dan ziyod musobaqalarda ishtirok etib, faxriy o‘rinlarni egallab kelmoqda.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Har bir insonning o‘ziga yarasha yutuqlari bor va shu yutuqlarga erishish yo‘lida turli qiynchiliklarga duch keladi. Paxratdin har doim qiynchilikning oldini olishga harakat qiladi. Yoki uni yengip o‘tish uchun mashq qiladi, musiqa tinglab o‘zini chalg‘itadi. 2020-yildagi pandemiya sababli mashq qilishni kamaytirishga majbur bo‘lgan, karantin qoidalari yumshatilganidan so‘ng organizmida adaptatsiya jarayoni pasayib ketgani sababli, yunon-rim kurashi mashqlarini kamaytirib, boshidan boshlashga qaror qilgan. Hozirgi vaqtda mashqlarini asta-sekin kuchaytirib bormoqda.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Paxratdinning kelajakdagi maqsadi – sport sohasidagi professional pedagog bo‘lish. Shuningdek, nomdor stipendiya sohibiga aylanish, mard o‘g‘lon ordenini olish, magistratura, doktoranturani bitirib, yaxshi vatanparvar ilmli-bilimli kadrlarni tayyorlash.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
So‘nggi tendensiyalar ortidan quvish

Past baho berilganlar-chi?
Tirishqoqlik

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Temir odam

Hayotdagi shioringiz qanday?
Yomonidan o’tib yaxshisiga kelasan

Instagram sahifasi: @pranatdinov_01