Nuriddinova Azizaxon

  • 18 yosh
  • Bakalavr
  • Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
  • Namangan davlat universiteti
  • Tabiatshunoslik fanidan izohli lug‘at muallif
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Azizaxon Namangan davlat universitetining talabasi. U pedagogika yo‘nalishida tahsil olmoqda. Kelajakda professional va tajribali boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchi bo‘lish niyatida. U boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi bo‘lish orqali jamiyatga sog‘lom, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan, salohiyatli bolalarga ta’lim berib, tarbiyalab boradi.

O‘QITUVCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Azizaxon yoshligidan bilim kuchini naqadar yirikligini bilib, bolalarga bilim ulashish ishtiyoqida bo‘lgan. 2021-yili Qo‘qon universitetida o‘tkazilgan “Vatan taqdiri – mening taqdirimda” mavzusidagi insholar tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, u Saylov-2021 viloyat miqoyosidagi trener. Maktab chog‘idan liderlik qobiliyatlarini namoyon qilib kelgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Har doim eng oddiy ishga ham mas’uliyat bilan yondashgan, ustozlarning maslahatlariga quloq tutib, har qanday vaziyatda ham hech kim bilan tortishmasdan, to‘g‘ri yo‘lni tanlagan. Aybi bor joyda uzr so‘ragan va shu tariqa qiyinchiliklarni yengib o‘tgan. O‘z oldiga nimanidir maqsad qilib qo‘ysa, albatta, o‘shani amalga oshirishga harakat qiladi. Agar hamma narsasi bo‘lganida, qizlarni oliy ta’lim olishlari uchun shartsharoit yaratib, ko‘maklashgan bo‘lar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Azizaxonning kelgusidasi maqsadlari – nomdor stipendiya sovrindori bo‘lish, viloyatida kitobxonlik targ‘ibotini keng tarqatish, magistratura ta’limini olish va baxtli oila bekasi bo‘lish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Ijtimoiy tarmoqlar

Past baho berilganlar-chi?
Mehr

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Ko‘nglida kiri yo‘q, mas’uliyatli, muomilali

Hayotdagi shioringiz qanday?
Biror odam meni tanigani uchun afsuslanmasin

Instagram sahifasi: @nuriddinova_azizaxon