Ne’matov Miraziz

  • 23 yosh
  • Bakalavr
  • IT-mutaxassis
  • TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti
  • Hayotda shaffofllik yetishmaydi, deb o‘ylaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Miraziz IT, media va digital sohalarida faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda 20 ga yaqin programmistlar bilan ishlaydi. Muvaffaqiyatli ishlari qatorida Payme, Click, Moliya Vazirligi, Prezident administratsiyasi, Macro, OU7. 2018-yilda Yoshlar ittifoqida Olmazor tuman koordinatori bo‘lib ishlagan, umumiy hisobda 5000 ga yaqin tengdoshlariga boshlang‘ich biznes, marketingdan dars o‘tgan.

O‘QITUVCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Mirazizning faoliyati – aynan IT va media bilan bog‘liq. Bu, uning fikricha, hayotni yanada jozibali qilib, ko‘plab imkoniyatlar yaratadi. Shuning uchun u sohaga 2000-yillardan beri moslashib kelmoqda. Bir qancha mintaqaviy startaplarda jamoasi bilan g‘olib bo‘lishgan. O‘zbekistondagi yirik kampaniyalarning asosiy IT ishlarini bajarishgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Barchasi yolg‘izlik va bo‘sh cho‘ntakdan boshlandi, u plyusga chiqishi uchun shu darajada harakat qilib o‘qishi kerak ediki, minusdan tezroq chiqishi zarur ekanligini sezib, o‘zligini anglagan. Bugungi tajribasidan kelib chiqqan holda, o‘tmishdagi o‘ziga maktab davrlarida til va aniq fanlarga ko‘proq e’tibor berishni, oliy ta’limni AQShda o‘qishni, ortiqcha do‘stlar va qizlardan voz kechishni maslahat bergan bo‘lar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – yaqin yillarda “unicorn”lar tayyorlash. Dunyoviy sahnalarga o‘zbek startaplari ham boshqalardan qolishmasligini ko‘rsatmoqchi. Shuningdek, korporatsiya tashkil qilishni rejalashtirgan.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Bir mavzuni juda ko‘p gapirish

Past baho berilganlar-chi?
Iqtidor

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Tanlangan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Bizlar tanlab olinganlarmiz

Instagram sahifasi: @mirazizxooja