Murodilloyev Nodir

  • 23 yosh
  • Bakalavr
  • MFaktor jamoasi a’zosi
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
  • Hayotda intizom yetishmaydi, deb hisoblaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Nodir Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bakalavr bosqichida tahsil oladi. U kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishni niyat qilgan. Hozirda MFaktor jamoasining a’zosi. U a’zolik qilayotgan loyihaning maqsadi o‘zbek tadbirkorlari sonini oshirish, endi raqobat maydoniga kirib kelgan yoshlarga tajribali insonlarning bilimlarini, uzoq yillar sinalgan uslublarini o‘rgatish, muvaffaqiyat va mag‘lubiyat omillarini yorituvchi ilm chorrahasini yaratishdir.

TURIZM SOHASINI QANDAY TANLAGAN?

U turizm sohasida mutaxassis bo‘lishni istaydi. Bugunga qadar qadimiy joylarni, xorijiy tillarni, boshqa davlatlarning madaniyatlarini o‘rgangan. Hozir esa mediani yaxshi o‘zlashtirib, olgan barcha bilimlarini jamlagan holda turizmda qo‘llash niyatida.

Nodir “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2021-yilda Yoshlar ishlari agentligi o‘tkazgan Uzaqlbot tanlovida 1-o‘rinni egallagan. “American Council”ning YPIP dasturi bitiruvchisi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Nodir o‘zi haqida hali mutaxassis darajasiga yetdim deya olmaydi, sababi hali ham izlanishda, ta’lim olishda davom etmoqda.

Bugunga qadar nimadir o‘rgangan bo‘lsa, harakatdan to‘xtamaganligi, natijaga erishguniga qadar turli xil usullarni sinab ko‘rishi, yagona maqsad tomon boshqalarni ham bilashtira olishi yordam bergan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – yaqin 5 yillikda turizm kompaniyalarida tajriba orttirish. Chet elga sayohat qilib, u yerda ham turizmni tahlil qilmoqchi. Shu sohada magistraturada MBAni o‘qib, qaytib kelgach o‘z tadbirkorlik faoliyatini ochmoqchi. Keyinchalik esa, o‘z bilim va tajribalari, qilgan sayohatlarida olgan ko‘nikmalarini ijtimoiy tarmoqda boshqalar bilan bo‘lishib boorish niyatida.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Pul, hashamat, zamonaviy gadjetlar

Past baho berilganlar-chi?
Vaqt va haqiqiy ilm

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Yaqin do‘st va tinib-tinchimagan yigit

Hayotdagi shioringiz qanday?
Yo’l yaxshi-yu yomonidan chekma g‘am, bismilloh degin-u, qo‘ygin qadam

Instagram sahifasi: @nodir_baxodirovich