Mamirova Madinabonu

  • 21 yosh
  • Bakalavr
  • San’atkor
  • Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti
  • Maqom san’atida 12 yillik tajribaga ega
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Madinabonu – ijrochi san’atkor. Lekin ijrochi sifatida emas, balki maqom ilmida professional bo‘lishni istaydi. Maqom ilmi orqali, bu sohaning muammolarini, yechimlarini va tarixini o‘rganish niyatida. Maqom ijro etib insonlarga madaniy, ma’naviy hamda ruhiy ozuqa baxsh etadi. Ayniqsa, “Munojot”, “Otmagay tong”, “Xoh inonma”, “Dutorim” kabi mumtoz qo‘shiqlarni uning ijrosida xalqimiz zavqlanib eshitadi. Shu bilan insonlarning ruhi oziqlanadi.

SAN‘ATKOR BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Madinabonuning yosh bolaligidan maqom san’atiga qiziqishi katta bo‘lgan va shu sohada ko‘p yillardan beri rivojlanib kelmoqda. 2018-yilda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi bo‘lgan. 2018-yilda “Yagonasan Muqaddas Vatan” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi g‘olibasi bo‘lgan. 2021-yilda Jahon iste’dodlari uyushmasining xalqaro “Best Singer” unvoniga sazovor bo‘lgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Avvalo, Madinabonu har bir gapga e’tibor bermaslikni, tez hafa bo‘lmaslikni, dangasalikni yengishga muvaffaq bo‘lgan. Doimo o‘z ustida ishlashni davom etgan. Insonlarning “Katta bo‘lsang, artist bo‘lasanmi? Ashulachi bo‘lasanmi?” degan savollariga e‘tibor bermaslikni o‘rganib, shu yo‘l bilan mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarning oldini olgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Madinabonuning kelgusida rejalari ko‘p. Biznes qilishni rejalashtirgan. Ingliz tilini mukammal o‘rganishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kelajakda barcha maqsadlariga erishgandan so‘ng, xalq uchun beminnat xizmat qilishni, imkoniyati cheklangan va kasallikka chalingan bolalarga yordam berishni niyat qilgan.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Manmanlik, kibr, pul

Past baho berilganlarchi?
Mehr-oqibat

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Qalbi ochiq, mehribon, aqlli va xushchaqchaq qiz

Hayotdagi shioringiz qanday?
Har bir lahzani So‘nggi daqiqadek qadrlab yasha

Instagram sahifasi: @madinabonu_mamirova