Mamanazarov Ma’ruf

  • 24 yosh
  • Magistr
  • O‘qituvchi
  • O‘zbekiston Milliy universiteti
  • Hayotda insonlarda shukr qilish yetishmaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Ma’ruf insonlarga ilm o‘rgatadi. Ularning bilimini yuksaltirish orqali jamiyatga foyda keltiradi. Kelgusida insonlar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga yetishlarida yordam beradi. Yoshlar haftaligida 10 ga yaqin sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda talabalarga adolatli tarzda hakamlik qilib ularni o‘ziga bo‘lgan ishonchini qozongan va yetakchilik xislatlarini yaqqol his qilgan.

TA’LIM SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Uning faoliyati jamiyatning rivoji uchun kerakli kadrlarni tarbiyalab beradi. Insonlar o‘rtasida ilmning keng
ko‘lamda tarqalishiga olib keladi. Bu esa jamiyatning yuksalishining birinchi belgisi sifatida qabul qilinadi.

“Young leaders team” jamoasini shakllantirgan. Talaba yoshlar parlamentida 2 yillik tajribaga ega. Dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan MUN konferensiyalarida spiker sifatida qatnashgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

O‘z ustida mehnat qilib, chet tilini o‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Ustozlaridan kerakli ko‘rsatmalarni olib, ularga amal qilib, kamchiliklaridan to‘g‘ri xulosalarni chiqarish orqali qiyinchiliklarni
yengib o‘tgan.

Talaba yoshlarga o‘zlarining muammolariga qay usulda javob topishda ko‘maklashish orqali va ularning ishonchlarini doimo oqlagan holatda ish olib borgan. Ma’ruf davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida yetakchi bo‘lish niyatida.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Ma’rufning kelgusidasi maqsadi – kelgusida xalqimiz ardog‘ida bo‘lgan yetuk rahbar bo‘lish. O‘zi olib borayotgan ilmiy faoliyatida ko‘plab yangi ochilmagan jihatlarni kashf etish. Insonlarning og‘irini yengil qiluvchi ixtiro va yangiliklarni xalqimizga tuhfa etishdan iborat.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
O‘ziga bo‘lgan ishonch

Past baho berilganlar-chi?
Motivatsiya berilganda e‘tiborsizlik

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Maqsadidan hech qachon chekinmaydi

Hayotdagi shioringiz qanday?
Hech qachon chekinmay maqsadlar sari dadil qadamlar qo’y va ishonch bilan ularga erish

Instagram sahifasi: @maruf_mamanazarov