Karimov Shaxzod

  • 26 yosh
  • Magistr
  • Pediatr
  • Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
  • Hayotda vaqt yetishmaydi, deb hisoblaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Shaxzod Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistratura bosqichida tahsil oladi. Kelgusida u tajribali shifokor bo‘lishni niyat qilgan. O‘z kasbining eng yetuk mutaxassisi bo‘lib, insonlarga yordam berib va tibbiyotni yuksak natijalarga olib chiqishni orzu qiladi.

SHIFOKOR BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Shaxzod doimo insonlarga foydasi tegishi va ularni davolash istagida bo‘lgani uchun shu kasbni tanlagan. Hayotda aniq maqsadlari borligini o‘zining yutuqlaridan biri deb hisoblaydi. U Toshkent shahridagi “Kelajak liderlari” klubining a’zosi. “Kelajak liderlari” tanlovining 3-bosqichida “Xalqni sevadigan davlat xizmatchisi” mavzusida yozgan inshosi 100 balldan 90 ball bilan mutaxassislar tomonidan baholangan va bu unga yuksak ishonch belgisi bo‘lgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Shaxzodning so‘zlariga ko‘ra, u hech qanday qiyinchiliklarga uchramagan. Faqat maqsad qilgan va erishgan, hozir ham erishmoqda. Agar hamma narsasi bo‘lsa ham, u shifokorlik kasbi bilan shug‘ullangan bo‘lar edi. Huddi hozirgidek muntazam ravishda o‘z ustida ishlashda davom etar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Shaxzodning maqsadi – Abu Ali Ibn Sino izdoshi ekanligini faqat so‘z bilan emas, balki amalda munosib bo‘lish orqali isbotlashdir.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Tabiiy boyliklarimiz

Past baho berilganlar-chi?
Inson resursi

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Samimiy, to‘g‘riso‘z, o‘z maqsadlaridan qaytmaydigan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Har bir ishda hikmat bor