Juraboyeva Durdona

  • 19 yosh
  • Bakalavr
  • IELTS instruktori
  • Farg‘ona davlat universiteti
  • Internet tarmoqlariga kamroq vaqt sarflab, ko‘proq yangi til o‘rganishni tavsiya qiladi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Durdona hozirda universitetda ingliz tilini o‘rganmoqda va o‘zi ham til bilishni istaganlarga dars o‘tadi. O‘qishdan keyin o‘quv markazida IELTS instruktori bo‘lib ishlaydi, ya’ni o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatib, imtihonga tayyorlaydi. Bundan tashqari, “British council”da Invigilator bo‘lib ham ishlaydi, ya‘ni o‘quvchilardan chet tili imtihoni olishda nazoratchi. Bo‘sh vaqtlarida maqolalarni tarjima qiladi. Raqs kurslariga ham qatnab turadi va u yerdan yangi energiya bilan qaytadi.

O‘QITUVCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Durdonaning universitetda tahsil olayotgani, bu kelajakda jamiyatimizda yana bir oliy ma’lumotli professional kadr yetishib chiqishini anglatadi. O‘quv markazdagi faoliyatida esa u 50 dan ziyod o‘quvchilarga chet tilini o‘rgatadi va 10 dan ortiq o‘quvchilari chet el top 1000 universitetlarida tahsil olishadi. Chet tili imtihonlarida, ayniqsa “British council” boshchiligidagi imtihonlarda o‘zbek yoshlarini nazoratchisi ekanligi ham bugungi kunda yurtimiz uchun faxrli natijadir.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Deyarli uyqusiz o‘tkazgan 3 oylik IELTS imtihoniga tayyorgarlik va oila a’zolarining uning ishlashiga qarshiliklari, IELTS imtihoni uchun o‘zi pul to‘plagani Durdona uchun qiyinchilik tug‘dirgan. Juda ko‘p vaqtlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik va tushkunlik holatlariga duch kelgan. Mana shu kabi holatlar maqsadiga erishishida ancha to‘siq bo‘lgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning bo‘lg‘usi maqsadlari – kelajakda albatta o’zining “Winners’ group” nomli chet tillari va san’at o‘quv markazini ochish. Bu o‘quv markazda faqatgina o‘zi singari talaba yoshlarni ishga qabul qilmoqchi. 2022-yilning kuz oylarida IELTS imtihonidan 8,5 ballni qo‘lga kiritib “Exchange program” orqali kuzgi 1 semestrni Germaniyada o‘qib u yerdagi ta’lim tizimini o‘rganib qaytmoqchi.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
O‘zgalarning qiziqishlari

Past baho berilganlar-chi?
O‘zgalarning yutuqlari

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Xushchaqchaq, kirishimli, pozitiv qiz

Hayotdagi shioringiz qanday?
Doimo hozirgidan yaxshisiga intil!

Instagram sahifasi: @juraboeva0719