Jo‘rayeva Aziza

  • 22 yosh
  • Bakalavr
  • O‘qituvchi
  • Qo‘qon universiteti
  • «Oltin qanot» va «Universe» volontyorlik tashkilotlarining faol a’zosi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Aziza Qo‘qon universitetining talabasi. U pedagogika yo‘nalishida tahsil olmoqda. Kelajakda professional va boy tajribali o‘qituvchi bo‘lish niyatida. Uning fikricha, agar o‘qituvchi sifatli ta’lim bersa, bu jamiyatdagi insonlarning yashash tarzi, o‘z hayotlaridagi muammolarni bartaraf etishda katta yordam beradi.

O‘QITUVCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Aziza yoshligidan bilim kuchini naqadar yirikligini bilib, bolalarga bilim ulashish ishtiyoqida bo‘lgan. 2021-yil Qo‘qon universitetida o‘tkazilgan “Vatan taqdiri – mening taqdirimda” mavzusidagi insholar tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek. Qo‘qon universiteti «Oltin fond» a’zosi. Aziza o‘qituvchilik, IT sohasi, grafik dizaynerlik va chet tillarini mukammal o‘zlashtirishni rejalashtirgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

U o‘zini mutaxasis darajasiga yetdim deb baholaydi. Lekin ota-onasi, ko‘plab o‘qituvchilarining tarbiya va bilimlarini o‘rganish, kezi kelganda ulardan dakki eshitish holatlari bo‘lgan. O’ziga bo‘lgan ishonchni ham mustahkamlab olgan. O‘z oldiga nimanidir maqsad qilib qo‘ysa, albatta, o‘shani amalga oshirishga harakat qiladi. Agar hamma narsasi bo‘lganida, Afrika qit’asidagi davlatlar uchun moliyaviy va ma’naviy yordamlashgan bo‘lar edi. O‘zbekistondagi yolg‘iz onalarga bepul psixologik va moliyaviy yordam bergan bo‘lar edi va inklyuziv maktablarni tashkillashtirgan bo‘lar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Azizaning kelgusidasi maqsadlari – bolalarni o‘qitib, sifatli ta’lim berish. Toki ular katta bo‘lganlarida o‘z hayot yo‘llarini qura olishlarini istaydi va bolalarning kelajakda yurtga foydasi tegsa, u o‘zini baxtiyor his qilgan bo‘lardi. Shuningdek, O‘zbekistonda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlardan oqilona foydalangan holda, Rektor stipendiyasini olish niyatida.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Mehribonlik

Past baho berilganlar-chi?
Charchoq paytida sekin harakatlanish

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Quvnoq va mehribon

Hayotdagi shioringiz qanday?
Hech qachon tushkunlikka tushma va bilim olishda izlan

Instagram sahifasi: @jurayeva447