Mamurov Jasurbek

  • 18 yosh
  • Bakalavr
  • Dasturchi
  • Toshkent shahridagi INHA universiteti
  • Hayotda ogohlik yetishmaydi, deb o‘ylaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Jasurbek Toshkent shahridagi INHA universiteti talabasi. U hozirda yoshlar orasida sun’iy intellekt va ma’lumotlar bilan aniqroq ishlash yo‘nalishlariga qaratilgan universitet klubi a’zosi va uni ta’sischilaridan biri. Bu Toshkent bo‘yicha kerakli bo‘lgan loyiha. Universitet davrlarida tayyorlanishni ko‘p vaqt oluvchi ish, deb hisoblangan. U buni oldini olish maqsadida “UTips” nomli loyihani ishga tushirdi va uning ustida ishlamoqda.

IT SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Jasurning so‘zlariga ko‘ra, aynan uning sohasining foydasi insoniyat va jamiyat uchun ulkandir va bu hozirda o‘z isbotlarini tez-tez ko‘rsatib kelmoqda.

Sohasining asosiy foydalaridan biri – bu jamiyat bajaradigan oddiy va muhimligi kam bo‘lgan ishlarni avtomatlashtirish va jamiyat uchun faqat muhim va kerakli bo‘lgan vazifalarni qoldirishdir. Jasurbek axborot texnologiyalari sohasiga o‘z hissasini qo‘shishni va bunga erishishga qattiq harakat qilishni niyat qilgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Hozirgacha u duch kelgan qiyinchiliklarni turi har xil bo‘lganligi bois, bu savolga javoblari ko‘p. Lekin, unga juda ko‘p to‘siq bo‘lganlari quyidagicha: bu universitet darslari sababli vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik, to‘g‘ri bilim manbalarini tanlay olmaslik va o‘zi yoqtirgan yo‘nalishni o‘z vaqtida aniqlay olmasliklardir. Bularning hammasi uning vaqtini yo‘qotishiga sababchi bo ‘lgan. Lekin ularga ayni paytda to‘g‘ri yechimlar topgani, unga juda ham foyda bo‘lgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Jasurning kelgusidagi maqsadi – O‘zbekistondagi sun’iy intellektga qiziquvchi barcha yoshlarni, tengdoshlarini jamlab, yagona bo‘lgan jamiyat yaratishdir. U guruh bo‘lib ta’lim olish va izlanish yolg‘iz bilim olishdan yaxshiroqdir, degan fikrda.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Boylik, omad, va daraja

Past baho berilganlarchi?
Ta’lim, harakat, va oqibat

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
E’tiborli, kirishuvchan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Hozir yoki hech qachon

Instagram sahifasi: @m_jasurbek16