Islyamova Salge

  • 19 yosh
  • Bakalavr
  • Arxitektor
  • Toshkent shahridagi Adju universiteti
  • To‘rtta tilni mukammal darajada biladi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Salge ijodkor inson. U Koreya univeresitetining arxitektura yo‘nalishida tahsil oladi. U yerda uning bir nechta mas’luiyatlari mavjud. Masalan, radio olib boradi, tadbirlarni tashkillashtiradi, dizayn va SMM sohasiga javob beradi. Bir so‘z bilan aytganda, universitet hayotida faol ishtirok etadi.

ARXITEKTOR BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Salge o‘zini kelajakda arxitektor sifatida tasavvur qiladi va hozirda bu soha bo‘yicha barcha kerakli fanlarni o‘rganmoqda. Bundan tashqari, dizayn va SMM yo‘nalishiga ham qiziqadi va bu sohada o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Barcha o‘qishdan tashqarida qiladigan ishlari, universitetining rivojlanishiga ko‘mak qo‘shadi. Bundan tashqari, talabalarga o‘qish jarayonlarini maroqli o‘tkazishlariga sababchi bo‘ladi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Universitetdagi o‘qish jarayonida ko‘p vaqtini binolarning modelini yasashga sarflagan. Ba’zi paytlar kechqurunlari uxlamasdan ishlagan paytlari ham bo‘lgan. Ammo, bu qiyinchiliklar uni mutaxassisligini yanada balandroq darajaga olib chiqishiga sababchi bo‘lgan.

Agar hamma narsasi bo‘lganida, imkoniyati kam va yordamga muhtoj insonlarga yordam bergan bo‘lar edi. Tajribasidan kelib chiqqan holda, u o‘ziga o‘zini boshqalar bilan solishtirmaslik kerakligini tavsiya qilgan bo‘lar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Salgening kelgusidasi maqsadlari – birinchi bo‘lib universitetni a’lo baholargo bitirib, Koreya davlatiga amaliyot safariga borishi.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Martabaga va pul

Past baho berilganlar-chi?
Salomatlik, imkoniyatlar va vaqt

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Aqlli, mehbribon va xushchaqchaq

Hayotdagi shioringiz qanday?
Bugun qila oladigan ishni ertaga qoldirmang

Instagram sahifasi: @salgemahone