Ibrohimova Nasibaxon

  • 18 yosh
  • Bakalavr
  • San’at va media sohasi
  • Andijon Davlat Universiteti
  • IT va dasturlashga qiziqadi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Nasiba Andijon viloyati hokimiga o‘z tashabbusi bilan chiqib “Nihol” talaba yoshlar orkestri va ansamblini tashkil ettirgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkil etilgan Respublika “Yoshlar media oromgohi”ning faol ishtirokchisi. Xalqaro masofaviy tanlovlarda laureat va gran-pri sovrindori.

SAN’AT SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Nasiba bu sohani tanlashidan maqsad odamlarga baxt va quvonch tarqatish. San’at insonlarni estetik zavqlanishi va ruhiy dam olishiga yordam beradi.

Maktabga 6 yoshdan borgan, sinfida eng kichik o‘quvchi bo‘lishiga qaramay, sinf sardori bo‘lgan. Keyinchalik “Kamalak” bolalar tashkilotida sardor bo‘lgan. Yoshlar Ittifoqi tashkil etilgach, avval maktab sardori, keyin tuman va viloyat sardori bo‘lgan. 1-kurs paytida esa fakultet yetakchisi bo‘lgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Nasiba dangasalik va layoqatsizlik kabi hislatlarni yengib vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tgan. U san’at va media (medianing aynan harbiy jurnalistika, suxandonlik va grafik dizaynerlik yo‘nalishlarida) professional bo‘lish uchun harakatda.

Hozida universitetning Boshlang‘ich tashkiloti yetakchilar kengashida Yotoqxonalar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi. Qo‘l ostida 1000 dan ortiq talaba bor. Bundan tashqari, o‘z fakultetida volontyorlar jamoasi tashkil etgan va ularga o‘zi sardor. Fakultetida “Qizlar ovozi” klubini tashkil etgan va uning bosh koordinatori.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Nasibaning kelgusidagi maqsadi – o‘zbek maqom san’atini juda ham boshqa ohanglarda uslubni o‘zgartirmagan holda, rangli jilolar bilan butun dunyoga tanitish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Insonlar o‘zlariga ortiqcha baho beradilar

Past baho berilganlar-chi?
Vaqt

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Quvnoq

Hayotdagi shioringiz qanday?
Orzu bilan uyquga ketib, maqsad bilan uyg’on

Instagram sahifasi: @nasibaibrohimova1