Dilmurodov Dilmurod

  • 18 yosh
  • Bakalavr
  • Loyihalar tashkilotchisi
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  • Volontyor-tarjimonlik bilan shug‘ullangan
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Dilmurod Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining siyosat va huquq yo‘nalishlarida tahsil oladi. Tashkilotchilik qobiliyati tufayli ko‘plab vazirlik va davlat idoralari bilan hamkorlikda jamiyat uchun foydali loyihalar tashkilotchisiga aylangan. Shu bilan birga, ilmiy faoliyatida ham tahliliy-ilmiy maqolalar yozib turadi. 2021-yilning sentabr oyida esa O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Ibrat” nomli kitobi ham nashr etilgan.

DIPLOMAT BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Dilmurod professional bo‘lishni istaydigan sohalar bu siyosat va huquq sohalari. Ayni paytda ta’lim olayotgan yo‘nalishi ham aslida shular hisoblanadi. 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi tomonidan Ishonch yorlig‘i bilan taqdirlangan, maktabni Oltin medal bilan tamomlagan.

2021-yilning 6-9-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Samara shahrida tashkil etilgan “Rossiya-O‘zbekiston yoshlar forumi”dagi O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi sifatida qatnashgan, hamda 18-25-dekabr kunlari o’tkazilgan “O‘zbekiston yoshlari forumi-2021”da “Yoshlar elchisi” sifatida e’tirof etilgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Dilmurodning so‘zlariga ko‘ra, hayotda turli xil qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy. Ularni yengish orqali inson o‘z qo‘ygan maqsadi tomon olg‘a qadam tashlaydi.

U muvaffaqiyatsizlikka uchragan payti harakatini to‘xtatmagan. Aksincha, yanada shijoat bilan harakatini davom ettirgan. Aynan shu qiyinchiliklarga chidab, ularni yengish orqali hozirgi darajaga yetdim, deb o‘ylaydi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Dilmurodning maqsadlari va loyihalari ko‘p. Kelgusida u Vatanimizni jahon arenalarida nufuzini yanada oshiruvchi tajribali diplomat bo‘lishni niyat qilgan. Shuning uchun, uning maqsadlariga yarasha harakatlari ham ulkan.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Kibr

Past baho berilganlar-chi?
Sabr

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Tashabbuskor, intiluvchan, mehnatsevar

Hayotdagi shioringiz qanday?
Maqsad qo’y, harakat qil va erish!

Instagram sahifasi: @thedilmurodoff