Dilmanov Islam

  • 22 yosh
  • Bakalavr
  • Maqola va dasturlar muallifi
  • Nukus davlat pedagogika instituti
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi TOP-50 “Kelajak liderlari” klubi a’zosi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Islam Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institurining chet tillari fakulteti, ingliz tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabasi. Fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirib, jamoat ishlarida, ommaviy-madaniy tadbirlarda, respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda, musobaqalarda, konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda. Axborot-kommunikastiya texnologiyalari bo‘yicha bilimga ega. Fakultetda tashkil etilgan “Yosh olimlar kengashi”ning koordinatori.

MUALLIF BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Islam “A2 darajasidagi o‘quvchilarda ingliz tilining leksik kompetentligini rivojlantirishda AKTning roli” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. 16 ta ilmiy maqolasi va 4 ta uslubiy qo‘llanmasi respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan.

Ayni paytda, Islam “Kelajak liderlari” klubi koordinatori sifatida klub a’zolari bilan birgalikda mamlakatda olib borilayotgan Yoshlar siyosatini ro‘yobga chiqarish maqsadida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq ishlarni natijali amalga oshirmoqda.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Hayotda biron narsaga erishish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning uchun ko‘p narsani o‘rganish, o‘qish va tajriba to‘plash zarur bo‘ladi, deb hisoblaydi. Vaqtni to‘g‘ri sarflash, dangasalikni yengish, o‘z ustida mukammal ishlash orqali yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tgan.

O‘zining liderlik hislatlarini ko‘p vaziyatlarda namoyon etgan. Jamoani oldinga tortib, qiyin vaziyatda yordam qo‘lini chozib, bir bo‘lib ishlab, yuqori marralarga olib chiqqan. Hayotda insonda barcha maqsad va rejasini to‘liq amalga oshirishga vaqt va chidamlilik yetishmaydi, deb hisoblaydi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Islamning maqsadlari – Mard o‘g‘lon mukofotiga erishish va IELTS sertifikatini olish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Tendentsiyalarga moslashishga haddan tashqari intilish

Past baho berilganlar-chi?
Uyqu, tabiat

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Lider

Hayotdagi shioringiz qanday?
Hech qachon to‘xtama! Faqat olg‘a!

Instagram sahifasi: @islam.dilmanov7