Bozarova Hadiyabonu

  • 18 yosh
  • Bakalavr
  • Yoshlar ittifoqi sardori
  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
  • O‘ziga bo‘lgan muhabbati va ishonchi uni ruhlantiradi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Hadiyabonu O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil oladi. U o‘qishida guruh va Yoshlar Ittifoqi sardori. Universitet hayotida faol ishtirok etadi, yoshlarni ortidan ergashtiradi. Hayotda muhabbat yetishmaydi, deb hisoblaydi. Kelajakda CELTA xalqaro o‘qituvchilik sertifikatini olib, Amerikada ingliz tili bo‘yicha dars berishni, imkoniyati cheklangan yoki ota-onasidan ayrilgan bolalar uchun maktab ochib, ularni o‘qitishni orzu qiladi.

O‘QITUVCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Uning tanlagan sohasi yosh avlodni yoshlikdan tarbiyalashga kiradi. Kelajagimiz poydevori yoshlar hisoblanadi. Qush uyasida ko‘rganini qiladi, shuning uchun ko‘pchilik ota-onalar farzandlari savol berishsa, mensishmaydi yoki hazil, yolg‘on aralash javob qaytarishadi. Aslida bo‘lsa, bola bilan aqlini tanigandan boshlab ularni shaxsiyatini hurmat qilib, haqiqatni ularga tushunarli qilib gapirish, ularning o‘zlarini tutishi va shaxsiyatining rivojiga katta turtki bo‘ladi

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Hech kimning gapiga e’tibor qilmay, harakatdan to‘xtamaganligi sababli universitetga 1 oy tayyorlanib grant asosida qabul qilingan. Hamma, hattoki ota-onasi ham kontrakt bo‘lishiga, agar kirolmasa, xafa bo‘lmasligi kerakligini aytishgan. U esa o‘ziga bo‘lgan muhabbat va ishonch orqali boshqalar uchun imkonsiz tuyulgan muvaffaqqiyatga erishgan. Qiyinchilik va muvaffaqqiyatsizlikdan qo‘rqmasdan tavakkal qilishni sevadi. Shuningdek u “US Embassy Sports Exchange” program finalisti.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning bo‘lg‘usi maqsadlari – “Exchange student” sifatida Amerikada 1 semestr davomida o‘qib tajriba almashinish, “US Embassy”da ambassador sifatida faoliyat olib boorish, shuningdek, PHD diplomini qo‘lga kiritib, fan doktori bo‘lish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Qo‘rquv

Past baho berilganlar-chi?
Ishonch

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Motivator, yetakchi

Hayotdagi shioringiz qanday?
Tavakkal qilishdan qo‘rqma

Instagram sahifasi: @___khadii___