Aytmetova Nargiza

  • 28 yosh
  • Bakalavr
  • Muhandis-gidrogeolog
  • O‘zbekiston Milliy universiteti
  • Hayotda har doim oldiga qo‘ygan rejasiga, qilayotgani amaliga va erishgan natijasiga tayanib ish yuritadiganlar yetishmaydi, deb hisoblaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Nargiza muhandis-gidrogeolog. O‘zbekiston yer osti qazilma boyliklari tarkibida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yer osti suvlarini bashoratlash, izlash va topish va aholiga yetkazish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lgan aholi salomatligini yaxshilash, hamda ularni toza ichimlik suviga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish uchun hizmat qiladi. U kasbi bilan faxrlanadi.

GIDROGEOLOGIYA SOHADA ISHLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Nargizaning bu sohani tanlashidan maqsadi, respublikamizda geologiya sohasining rivojiga, iqtisodini yanada yuksaltirishga hissa qo‘shish niyati bilan bog‘liq. Respublika aholisi salomatligini yaxshilash uchun, toza ichimlik suvi ta’minlash orqali bu soha foyda keltiradi. Shuningdek, u sohasi orqali O‘zbekistonni xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirishni maqsad qilgan. O‘zining asosiy yutuqlari qatorida birinchi yutug‘ini maktab va kollejni yuqori natijalar, qizil diplom bilan tugatganligini, shuningdek, 2021-yilda “Yilning eng faol yosh geologi” tanlovida faxrli birinchi o‘rinni egallaganligini belgilaydi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Nargiza bu darajaga erishgunga qadar, o‘z ustida mustaqil muntazam ravishda ishlagan. Qiyinchiliklar har doim ham bo‘lgan, bundan qo‘rqish kerakmasligini u biladi. U qanday qiyin vaziyat bo‘lmasin, ortga chekinmaslikni, davom etishni tanlagan. Uni muvaffaqiyatsizlik yenga olmagan va boshlagan ishini tashlab ketish faqatgina qo‘rqoqlarning ishi deb hisoblaydi. U o‘zidan faxrlanmagunicha to‘xtamaydi. Nargiza o‘z liderlik qobiliyatini zamonaviy bilim va ko‘nikmalari, kreativ fikrlari va tashabbuskorligi bilan shaxsiy namuna bo‘lib, jamoasini boshqarib kelmoqda.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Nargizaning maqsadi – respublikamizda geologiya sohasini rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish. O‘z sohasida yetuk va tajribali mutaxassis bo‘lib, boshqa yoshlarning ham ana shunday bo‘lib, Vatanga foydasi teguvchi, uning qudratini yanada oshiruvchi yoshlar bo‘lishlariga ko‘maklashish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Ijtimoiy tarmoqlar

Past baho berilganlar-chi?
Qadr

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Harakatchan, tashabbuskor va zo‘r motivator

Hayotdagi shioringiz qanday?
Harakat qilishdan to’xtama va sen hammasiga erishasan

Instagram sahifasi: @giza_Rustamovna