Asqaraliyeva Nigora

  • 19 yosh
  • Bakalavr
  • Adabiyotshunos
  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
  • Tarjimonlik, shaxmat va musiqaga qiziqadi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Nigora Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tahsil oladi. U 2019-yili o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida 3-o ‘rinni egallagan. 2021-yili bo‘lib o‘tgan “Duel” nomli ijodkor yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning nasr yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent viloyati bosqichi g‘olibi, Respublika bosqichi faol ishtirokchisi. She’rlari o‘zbek ijodkorlarining ijodiy ishlari yig‘ilgan antologiyada, Turkiyada turk tilida chop etilgan. Yaqinda Amerikada chop etilgan yana bir almanaxda hikoyasi bilan ishtirok etdi, hozirda Amazon.com saytida e’lon qilindi va sotuvga qo‘yildi.

ADABIYOT SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Ma’lumki, adabiyot bu jamiyatga tutilgan ko‘zgu vazifasini bajaradi. Har qanday xalqning saviyasini, dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini, uning ta’lim tizimi, aholisining kitobxonlik madaniyati belgilaydi. U ham ana shu maqsadda o‘z ta’lim yo‘nalishini o‘zbek tili va adabiyoti qilib tanlagan.

Tiliga hurmat saqlagan fuqaro davlatiga ham hurmat saqlaydi. Maqsadi shunday muallim bo‘lishki, talabalarga ta’lim berish o‘laroq, ularda kitobga bo‘lgan ishtiyoqini qayta uyg‘otishdan iborat.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Uning shahri, oilasi sanoatchilardan tashkil topganligi bois, o‘qituvchi va yozuvchi bo‘lishiga dastlab otasi biroz qarshilik ko‘rsatgan, keyin “Yosh kitobxon” tanlovidagi yutug‘i tufayli rozi bo‘lganlar. Turli tanlovlar sababli universitetga bir yil tayyorlangan, dadasi “Agar kontraktga kirsang, yana bir yil qayta tayyorlanasan”, deb aytganlarida ko‘p qiyinchiliklar bilan OTMga o‘qishga davlat granti asosida kira olgan. Hozirda o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish uchun o‘qish va izlanishda.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Nigoraning kelgusidasi maqsadlari – professional pedagog bo‘lish, yaqin yillarda hikoyalar to‘plamini chop ettirish, 30 yoshgacha PhD dissertatsiyalik ishini muvafaqqiyatli yoqlash. Turk tilini bilish va ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish. Magistratura bosqichini chet elda davom ettirishdan iborat.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Imtiyozlar, davomat va forma

Past baho berilganlar-chi?
Ziyolilar qatlami, nashriyotlar, qalam haqi

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Kitobxon, bilimli, intiluvchan

Hayotdagi shioringiz qanday?
O’qi va o’rgan, ixlos bilan yasha!

Instagram sahifasi: @bibliophile.asqaraliyeva