Anvarov Fazliddin

  • 20 yosh
  • Bakalavr
  • Rassom
  • Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
  • O‘z yutuqlaridan va erishilgan maqsadlaridan ruhlanadi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Fazliddin rassom va hozirda ushbu sohada professional ta`lim olmoqda. 2020-yili “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro tanlov va Festevallar g‘olibi” guvohnomasi bilan taqdirlangan. Ushbu guvohnoma bilan 2020-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 2021-yilning 30-iyun kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 2021-yilda “Toshkent Yoshlar Forumi 2021” forumida “Yilning eng yaxshi dizaynerlik loyihasi muallifi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

RASSOM BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

U rassom bo‘lib asosan jamiyatga estetik zavq berishi va insonlarga yaxshi kayfiyat ulashish uchun o‘z ijod namunalarini yaratadi. Rassomlar oddiy narsani ham o‘zgacha ko‘rishi bilan ajralib turadi va o‘z asarlarini tamoshabinlarga turli hil moy bo‘yoqlar yordamida nima demoqchi ekanligini aks ettiradi. Fazliddin O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi qoshidagi “Yosh Dizaynerlar Kengashi”da loyihalar direktori lavozimida o‘z faoliyatini olib boradi. 2021-yilning sentabr oyida Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Moda haftaligiga O‘zbek dizaynerlarining ishtirokini bevosita tashkillashtirgan. 

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

O‘z kasbida mutaxassis bo‘lishi uchun 6 yildan ko‘p rassomlik bilan shug‘ullanib kelgan. Mutaxassis bo‘lishi uchun oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishida ham bir qator qiyinchiliklar bo‘lgan. O‘zining liderlik hislatlarini ko‘p vaziyatlarda namoyon etgan. Masalan, 2021-yilning “5 tashabbus harakati Toshkent” festivali doirasida “Fashion Today” yosh dizaynerlar tanlovini tashkil etgan. 2021-yilda “Toshkent Yoshlar Forumi 2021” forumida “Grand Fashion Show” modalar namoyishini tashkillashtirib, forumda g‘olib bo‘lgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Fazliddinning maqsadi – kelajakda yurtimiz iqtidorli yoshlarini bir orada jamlovchi “Iste’dodlar” kengashini tashkil qilib, endigina ijodga kirib kelayotgan hamyurtlarimiz ijodini butun yurtimizga tanitish va ular bilan birgalikda turli tanlov hamda festivallar tashkillashtirish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Kamtarona xizmatlarimga beriladigan maqtovlar

Past baho berilganlarchi?
Ishonch

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Xushchaqchaq, ochiqko‘ngil va e’tiborli

Hayotdagi shioringiz qanday?
Maqsad, harakat, natija

Instagram sahifasi: @anvarov_f