
- 20 yosh
- Bakalavr
- O‘qituvchi
- Buxoro davlat universiteti
- Dunyo lider ayollari qatoridan joy olishni orzu qiladi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?
Muxlisa Buxoro davlat universitetida tahsil oladi. U o‘qituvchilik kasbini tanlagan. Kichkina bolalarga tasavvur qilishni o‘rgatish va kreativlikni shakllantirishga yordam berishni istaydi. U IT, psixologiya, ona tili va adabiyot (o‘zbek tili) sohalarida rivojlanish niyatida.
TA’LIM SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?
Muxlisa ta’lim sohasini tanlab, bolalarni o‘qitishda yangi texnologiyalarni yaratish istagida. U “Women’s education” tashkilotida o‘qigan. “WE Project” xalqaro loyihasida faoliyat yuritgan. Universitetga grant asosida qabul qilingan.
Agar hamma narsasi bo‘lsa, u IT va ta’lim sohasi bilan shug‘ullanishda davom etgan bo‘lardi. Yosh avlod ta’lim va tarbiyadan orqada qolib ketmasligi uchun bor kuchini sarflash Muxlisani ruhlantiradi.
QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?
Abituriyentlik davrida qattiq va tinimsiz o‘qish, o‘zidagi dangasalik va irodasizlikni, ishonchsizlikni yengish orqali qiyinchiliklardan o‘tib, shu darajada yetgan.
“WE Project” loyihasida ishlaganida “beginner” darajasidagi o‘quvchilar uchun 15-20 kishidan iborat guruhga dars o‘ta olgan, guruhlarni boshqarishda yetakchilik hislatlarini namoyon qila olgan. Boshqaruvchanlik qobilyatini ham rivojlantirgan.
KELAJAKDAGI MAQSADLARI
Muxlisaning kelgusidagi maqsadlari – o‘z oldiga qo‘ygan 5 yillik, 10 yillik maqsadlarini amalga oshirish, unda chet elda bakalavrdan keyingi bosqichlarni Xalqaro ta’lim yo‘nalishida o‘qish, IT sohasini o‘rganish va asosiy daromad manbayiga aylantirish, O‘zbekiston ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va ko‘plab orzu va maqsadlariga erishishdir.
Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Ta’lim tizimi, davlat organlari, Filmlar
Past baho berilganlar-chi?
Madaniyat, adabiyot
Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Bilimli va do‘stona
Hayotdagi shioringiz qanday?
Hech kimga qaramasdan yo‘lingda davom et