Abduxamidov Abdumuxtor

  • 19 yosh
  • Bakalavr
  • Talaba va o‘qituvchi
  • Toshkent davlat transport universiteti
  • Onasi orzusidagi farzand
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Abdumuxtor universitetda ta’lim olish bilan bir qatorda o‘qituvchilik qilib, bolalarga matematika darsidan qo‘shimcha darslar o‘tadi. Ingliz tilini mukammal bilish ustida ham ish olib bormoqda. Shuningdek, u SMM sohasida kuchli mutaxassis bo‘lish niyatida.

TA’LIM SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Abdumuxtor O‘zbekistonda SMM sohasini yuqori marralarga olib chiqish istagi va yoshlar hayotiga ijobiy yangiliklar kiritish maqsadida bu sohani tanlagan.

U “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” Respublika tanlovining universitet bosqichi “Ajdodlar merosini targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv” yo‘nalishining g‘olibi. “Maqsud Shayxzoda” stipendiati.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Yo‘lida uchragan qiyinchiliklarni yengish uchun ko‘p mexnat qilishiga to‘g‘ri kelgan. Ayrim kechalari uxlashga ham vaqt topilmagan. Oila a’zolarining qarshiliklariga ham duch kelgan.

U hozirda universitet Yoshlar ittifoqining matbuot kotibi. TSTU yoshlari Telegram-kanalining bosh admini. Adminlikni olish uchun yarim yil qattiq mehnat qilgan. Undan tashqari ham nomzodlar ko‘p bo‘lgan, lekin uni tanlashgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – ko‘proq startap loyihalarni yaratish. Kelajak avlodga yordam bo‘ladigan ishlarni amalga oshirish. Hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Moddiy boylik

Past baho berilganlar-chi?
Ma’naviy boylik

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Bilimli, aqlli, jasur

Hayotdagi shioringiz qanday?
Tezlikda orqaga yurish yo’q, faqat oldinga!

Instagram sahifasi: @motivator_abdumukhtor