Abdullayeva Shahzoda

  • 20 yosh
  • Bakalavr
  • Konstruktor-mexanik
  • Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali
  • Kikboksing yo‘nalishida Samarqand viloyati turnirida 1-o‘rinni egallagan
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Shahzoda konsturkorlik va mexanika sohasida faoliyat olib boradi. U bir mashinani kichik bo‘lakchalarda barcha qismlarini chiza oladi. Uning bilimlari turli xildagi texnikalarni ta’mirlashga imkon beradi. Mexanikadan tashqari Shahzoda IT sohasiga ham qiziqadi. Shuningdek, u sport bilan ham faol shug‘ullanadi. U bir qator yutuqlarga ega. “Metsinant” loyihasida grant sohibasi. “Yil talabasi-2021” Respublika tanlovining institut bosqichida ”Eng iqtidorli talaba” yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan. O‘zini har sohada yetakchi deb biladi. Ustozlari ham uning qobiliyatlariga ishonishadi.

MEXANIK BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Shahzodaning shu sohaga qiziqishi, uni bu kasbga olib kelgan. U kelajakda yetuk konstruktor-mexanik bo‘lish va ITsohasida rivojlanishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan. Agar u barcha maqsadilariga erishsa, o‘z yutuqlariga qanday erishganini insonlar bilan bo‘lishishni, bilimlari insonlarga foyda keltirishini istaydi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Oilaviy qarshiliklar, atrofdagilarning salbiy fikrlari va ichki qo‘rquvini yengib, hozirda ko‘p yutuqlarga erishgan. Bunday vaziyatlarning barchasi uchun unga qarshi chiqqan insonlardan minnatdor. Chunki bunday vaziyatlar Shahzodaga olg‘a intilish uchun yanada ko‘proq kuch bag‘ishlagan. Yaqin do‘stlari uni qat’iyatli inson va ajoyib suhbatdosh sifatida bilishadi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Shahzodaning maqsadi – O‘zbekistondagi eng zo‘r konstruktor-mexanik bo‘lish. Mamlakat prezidentining qo‘llaridan ”Buyuk xizmatlari uchun” ordenini olishni maqsad qilgan. Kon metallurgiya kombinati direktori lavozimini egallash uning eng oliy maqsadi.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Birovning salbiy fikri

Past baho berilganlar-chi?
Tirishqoqlik, shukr qilish

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Yaxshi suhbatdosh. Mehnatsevar va talabchan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Barcha kuch mening ichimda! Hammasini uddalayman

Instagram sahifasi: @Shakhzoda_2409