- 22 yosh
- Bakalavr
- Logoped
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
- Hayotda mehr-oqibat vaishonch yetishmaydi, debhisoblaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?
Adolat Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi. U bo‘lg‘usi logoped. MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yosh olim-2021” sovrinidori. Adolat o‘zi ta’lim olayotgan soha – logopediyani mukammal o‘rganish va bu yo‘nalishda shug‘ullanishni istaydi. Lekin u faqat bir yo‘nalish bilan cheklanishni istamaydi. Hozirgi kundagi zamonaviy kasblardan biri SMM-menedjerlik faoliyatini chuqur o‘rganishni va bu sohada chinakam professional bo‘lib yetishishni niyat qilgan.
LOGOPED BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?
Adolatning bu sohani tanlaganligining sababi, logoped kasbi – hozirgi kunda bolalar orasida ko‘p uchraydigan nutq bilan bog‘liq bo‘lgan turli kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan kasbdir. Adolat o‘z sohasi bo‘yicha turli tanlovlarda ishtirok etadi. “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etgan. Shuningdek, rus va turk tillarini o‘rgangan. Yaqinda turk tilidan To‘mer sertifikati B2 darajasini qo‘lga kiritgan.
QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?
Hozirgi darajaga yetishishida atrofidagi insonlarning unga bo‘lgan ishonchsizligi sabab bo‘lgan. U nimani boshlasada, “eplay olmaysan, bekorga vaqt sarflama” deyishgan. Adolat esa tavakkal qilib, kurashib, baribir uddasidan chiqa olishini ko‘rsatgan. Agar Adolatning hamma narsasi bo‘lsa, u ham moddiy, ham ma’naviy tarafdan insonlarga yaxshilik va sahovat qilish bilan shug‘ullanar edi.
KELAJAKDAGI MAQSADLARI
Adolatning kelgusidasi maqsadlari – tiflopedagogika (ko‘zida nuqsoni mavjud bo‘lgan insonlar bilan shug‘ullanuvchi soha) sohasini rivojlantirishni, bu sohaga yangiliklar kiritishni istaydi. Yana yangi tillarni o‘rganishni va tarjimonlik sohasiga kirib borishni, dunyodagi turli millatli insonlarni ham ilm, ham sayohat orqali o‘rganishni istaydi.
Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Tashqi ko‘rinish
Past baho berilganlar-chi?
Inson qadri
Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Hammaga yordam qo‘lini cho‘zadigan, ko‘ngli bo‘sh va tinib-tinchimas
Hayotdagi shioringiz qanday?
Allohga tavakkul qilib boshlayman va u berganiga shukr qilib o’sha kunimni tugatishni istayman
Instagram sahifasi: @abdurasulovn_a