Koreyadagi o‘zbek qizi: “Sookmyung Women’s University” magistranti Xusnora Qobilova bilan suhbat

“Aslida bolaligimdan koreys tiliga, koreys madaniyatiga qiziqishim bo‘lmagan. Hammasi omadli tasodiflar tufayli amalga oshdi”. O‘zbek yoshlari dunyoning turli nuqtalarida ta’lim olishmoqda. Bizning bugungi qahramonimiz Janubiy Koreyaning Sookmyung ayollar universitetining magistratura bosqichida tahsil olayotgan Xusnora Qobilova. Suhbat davomida Xusnora Koreya ta’lim tizimi hamda o‘zining u yerdagi hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadi. Salom, mening ismim Xusnora. […]