Bir urinishda kirolmagan talabalar

Imtihonlarni topshirolmagan taqdirda ham motivatsiyani yo‘qotmaslik va o‘zligingizni qidirishni davom ettirish haqida ikkita hikoya. Laziz Xodjaev, 26 yosh Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining to‘rtinchi bosqich talabasi Imtihonlarga faqat birinchi yili astoydil tayyorgarlik ko‘rdim. Kun davomida 5-6 soat repetitorlarda, kechqurun esa mustaqil ravishda shug‘ullandim. Matematika va rus tilidan hammasi ko‘ngildagidek ketayotgan bo‘lsa, qaysidir vaqt fizikada oqsoqlanishlar boshlandi. […]